Daryo

FIFA tanqidlardan keyin Jahon chempionati uchun 60 dollarlik chiptalarni joriy qildi

Milliy assotsiatsiyalar o‘z muxlislariga ushbu chiptalarni o‘z dasturlari doirasida taqsimlaydi. Qo‘shimcha qilinishicha, arzon chiptalar “o‘z terma jamoasining o‘yinlariga tez-tez tashrif buyuradigan sodiq muxlislarga” yetkazilishi kerak. Shu bilan birga, federatsiya chiptalarni taqsimlash bo‘yicha yagona qoidalarni belgilamagan.

1 daqiqa o‘qish9 390 ko‘rishlar0 izoh0

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionati uchun cheklangan miqdordagi arzon chiptalarni sotuvga chiqarishini e’lon qildi. Bu qaror Yevropa futbol muxlislar uyushmasining narx siyosatiga bildirilgan tanqidlaridan so‘ng qabul qilindi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Eng arzon chiptalar Supporter Entry Tier deb nomlandi. Ular turnirdagi barcha 104 o‘yinga, shu jumladan finalga ham amal qiladi, ammo ushbu tipdagi chiptalar soni cheklangan. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, bunday chiptalar milliy futbol assotsiatsiyalari uchun ajratilgan kvotaning atigi 10 foizini tashkil qiladi va uning narxi 60 dollarga teng.

Milliy assotsiatsiyalar o‘z muxlislariga ushbu chiptalarni o‘z dasturlari doirasida taqsimlaydi. Qo‘shimcha qilinishicha, arzon chiptalar “o‘z terma jamoasining o‘yinlariga tez-tez tashrif buyuradigan sodiq muxlislarga” yetkazilishi kerak. Shu bilan birga, federatsiya chiptalarni taqsimlash bo‘yicha yagona qoidalarni belgilamagan.

Shuningdek, FIFA milliy assotsiatsiyalar uchun ajratilgan chiptalarning yarmidan ko‘prog‘i nisbatan arzonroq joylardan berilgan. Ya’ni ulardan 40 foizi o‘rtacha narxdagi, 10 foizi eng arzon narxdagi chiptalar bo‘ladi. Qolgan qismi esa yuqori narxdagi chiptalar hisoblanadi. Milliy assotsiatsiyalar orqali chipta olgan muxlislarning jamoasi pley-off bosqichiga chiqmasa, ular pullarini komissiyasiz qaytarib olishadi.

Ma’lumot uchun, avvalroq JCH-2026 finaliga eng arzon toifadagi chiptalar narxi 4 185 dollardan boshlanishini ma’lum qilingandi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilgi Jahon chempionati bilan solishtirganda deyarli yetti barobar baland (Qatardagi turnirning eng arzon chiptasi 600 dollar edi).

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar