Daryo

FIFA JCh-2026 g‘olib jamoasiga qancha mukofot puli to‘laydi?

Jahon chempionati doirasida FIFA tomonidan ajratiladigan umumiy mukofot puli 655 million AQSH dollarini tashkil etadi.

1 daqiqa o‘qish14 386 ko‘rishlar0 izoh7

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan jamoaga rekord miqdorda mukofot puli to‘laydi. Turnir chempioni 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ bilan taqdirlanadi.

Manbaga ko‘ra, Jahon chempionati doirasida FIFA tomonidan ajratiladigan umumiy mukofot puli 655 million AQSH dollarini tashkil etadi. Guruh bosqichida musobaqani yakunlagan terma jamoalar 9 million, finalga qadar yetib borgan jamoa esa 33 million AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘alaba qozongan Argentina terma jamoasi 42 million, Rossiyada o‘tgan 2018-yilgi mundialda chempion bo‘lgan Fransiya esa 38 million AQSH dollari miqdorida mukofot puli olgan edi.

Hozirga qadar mundialga 42 ta terma jamoa yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana 8 ta jamoa nomi pley-off bosqichlari yakunlangach aniqlanadi. Goal nashri talqiniga ko‘ra, 2026-yilgi mundialning asosiy favoriti Ispaniya terma jamoasi hisoblanadi. Ikkinchi pog‘onada Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi qayd etilgan. Kuchli uchlikni Angliya yakunlab bergan.

O‘zbekistonning guruh bosqichidagi raqibi Portugaliya esa 4-o‘ringa joylashtirilgan. Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ro‘yxatning 32-pog‘onasida qayd etilgan. Manbada yozilishicha, ko‘p narsa “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovning sport formasiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki guruh bosqichida Luis Dias yoki Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatish talab etiladi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar