Daryo

FIFA Jahon chempionatining rasmiy posterini e’lon qildi (foto)

Mundiallar tarixida ilk bor musobaqa posterini yaratish uchun bir vaqtning o‘zida uchta rassom ish olib borgan.

1 daqiqa o‘qish5 686 ko‘rishlar0 izoh5

Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) rasmiy saytida 2026-yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining rasmiy posterini e’lon qildi.

Foto: FIFA

Qayd etilishicha, Jahon chempionatlari tarixida ilk bor musobaqa posterini yaratish uchun bir vaqtning o‘zida uchta rassom — Karson Ting (Kanada), Minerva GM (Meksika) va Xenkiy Uillis Tomas (AQSH) ish olib borgan:

“Turnirning rasmiy posteri hamkorlik ruhi, hayajon va ushbu noyob lahzaning birligini tarannum etadi”.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi mundial 11-iyun kuni boshlanadi va 19-iyulga qadar davom etadi.

“Turnir boshlanishiga 100 kun qolgan bir vaqtda, 42 ta jamoa, jumladan, to‘rtta debyutant — Kabo-Verde, Kyurasao, Iordaniya va O‘zbekiston musobaqaga yo‘llanmani qo'lga kiritdi. Hali yana 6 ta o‘rin vakant bo‘lib turibdi. 23-31-mart kunlariga belgilangan erkaklar o‘rtasidagi Xalqaro o‘yinlar taqvimi doirasida bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati qit'alararo pley-off va Yevropa pley-off bosqichlari Shimoliy Amerikaga yo‘l oladigan so'nggi oltita jamoani aniqlab beradi”, deyiladi FIFA xabarida.

Jahon chempionatlari tarixida ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. “Oq bo‘rilar” musobaqaning “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya hamda qit’alararo pley-off g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa mundialdagi ilk o‘yinini 17-iyun kuni Mexiko shahrida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar