Daryo

Jahon chempionati O‘zbekistonga qiziqishni keskin oshirdi: Google’dagi qidiruvlar 450 foizga ko‘paydi

Milliy terma jamoaning Jahon chempionatidagi ishtiroki nafaqat futbol maydonida, balki internetda ham katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish5 425 ko‘rishlar0 izoh11

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Siddiqovning ma’lum qilishicha, 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati davomida Google'da O‘zbekiston bo‘yicha qidiruvlar soni 450 foizga oshgan. 

Elchi bu haqda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. Uning yozishicha, qidiruvlar sonining keskin ortishi O‘zbekiston terma jamoasining tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etgani bilan bog‘liq. Turnir davomida xorijlik internet foydalanuvchilari O‘zbekiston, uning futboli, milliy terma jamoasi va futbolchilari haqida faol ma’lumot izlagan.

Foto: X (sobiq Twitter)

2026-yilgi mundial O‘zbekiston futboli tarixida muhim voqea bo‘ldi. Terma jamoa ilk marta Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma olib, dunyo futbol jamoatchiligi e’tiborini tortdi. Natijada mamlakat nomiga bo‘lgan qiziqish ham sezilarli darajada oshdi.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar