Daryo

Boks bo‘yicha JCH. Hasanboy Do‘stmatov hamda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev oltin, Abdumalik Halokov kumush medalni qo‘lga kiritdi

Musobaqa doirasida yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi final bahslarida ringga chiqadi.

1 daqiqa o‘qish14 038 ko‘rishlar0 izoh6

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar bokschisi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-51 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov final bahsida rossiyalik Bair Baltayevga qarshi jang qildi. To‘liq davom etgan bellashuvda o‘zbekistonlik bokschi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Hasanboy Do‘smatov faoliyati davomida ikkinchi bor Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

−60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Olimpiada va jahon chempioni Abdumalik Halokov finalda rossiyalik Vsevolod Shumkov bilan to‘qnash keldi. Murosasiz kechgan bahs to‘liq davom etdi va unda Abdumalik 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada u musobaqani kumush medal bilan yakunladi.

−67 kg vazn toifasida esa Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev final jangida Rossiya vakili Yevgeniy Kulga qarshi ringga chiqdi. Bellashuv davomida Asadxo‘ja mutlaq ustunlik ko‘rsatib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medal sohibiga aylandi. U finalga qadar Bagama orollari vakili, IBA Pro jamoasida harakat qiladigan armanistonlik bokschi, shuningdek Qozog‘iston va Moldova vakillarini mag‘lub etgan edi. Ushbu g‘alaba Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev uchun jahon chempionatlari doirasidagi uchinchi oltin medal bo‘ldi.

Shuningdek, musobaqa doirasida yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi final bahslarida ringga chiqadi.

Juftliklar bilan tanishing:

  • −80 kg: Javohir Ummataliyev — Jambulat Bijamov (Rossiya)
  • −92 kg: To‘rabek Xabibullayev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya)
  • +92 kg: Arman Maxanov — David Surov (Rossiya)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar