Daryo

Boks bo‘yicha JCH. O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar a’zosi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.

2 daqiqa o‘qish24 303 ko‘rishlar0 izoh18

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi va ularning barchasi navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Dastlab ringga chiqqan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -54 kg vazn toifasidagi bahsda ganalik Amadu Muhammadga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0.

-86 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Akmaljon Isroilov qozog‘istonlik Daulet Tulemissovustidan to‘liq ustunlikka erishib, jangni 5:0 hisobida o‘z foydasiga yakunladi. Israoilov jang davomida raqibini ikki bor nokdaunga ham tushirdi.

-51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, 2 karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov turkiyalik Samet Gumusni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, Xo‘janazar Nortojiyev -57 kg vaznda hindistonlik Sachinni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining yana 4 vakili musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 10-dekabr kuni o‘zbekistonlik 11 nafar bokschi yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

Juftliklar bilan tanishing:

  • –48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev — Subhan Mamedov (Ozarbayjon), B ring, 18:00
  • –54 kg: Asilbek Jalilov — Artur Nagapetyan (Serbiya), A ring, 18:45
  • –60 kg: Abdumalik Halokov — Mahammadali Ashiraliyev (Ozarbayjon), A ring, 19:00
  • –67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Sanatali Toltayev (Qozog‘iston), A ring, 19:30
  • –75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon), A ring, 20:00
  • –86 kg: Akmaljon Isroilov — Sharabutdin Atayev (Rossiya), A ring, 20:30
  • +92 kg: Arman Maxanov — Alejandro Lopez (Kuba), A ring, 21:00
  • –51 kg: Hasanboy Do‘smatov — Meroj Sufijonov (Tojikiston), A ring, 22:00
  • –57 kg: Xo‘janazar Nortojiyev — Jirair Sarisyan (Armaniston), B ring, 22:30
  • –80 kg: Javohir Ummataliyev — Artyom Ageyev (Serbiya), A ring, 00:15
  • –92 kg: To‘rabek Habibullayev —Julio Sezar La Kruz (Kuba), A ring, 00:45

Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. Ikkinchi dastur esa 22:00dan start oladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar