Daryo

Farg‘onada kadastr inspektori va davlat muassasasi mutaxassislari pora bilan ushlandi

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

1 daqiqa o‘qish7 680 ko‘rishlar0 izoh2

Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida Farg‘ona viloyatida pora olish va tovlamachilik bilan bog‘liq ikki jinoyat holati fosh etildi.

  • Rishton tumanida kadastr xodimi 400 dollar olayotganda ushlandi

Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi bosh inspektori fuqaroning noqonuniy o‘zlashtirilgan yerini “qonuniylashtirib berish” evaziga 400 AQSH dollari talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Avvaliga u fuqaro qurilish qilgan yer uchun 84 mln so‘m jarima solinishi mumkinligini bildirgan. Tezkor tadbirda inspektor pulni xizmat joyi binosi oldida olayotganida qo‘lga olindi.

  • “Farg‘ona suv qurilish invest”da ta’mirlash loyihasi bo‘yicha 5,5 ming dollar pora talabi aniqlandi

2025-yil oktyabrda xususiy korxona davlat muassasasi binosida 850 mln so‘mlik mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lgan. Ammo muassasaning bosh muhandisi va boshqa mas’ullar ishni boshlash uchun korxona rahbaridan 5 500 dollar talab qilgan. Tezkor tadbir chog‘ida ular 5 ming dollarni olayotganida ushlangan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Fargʻona va Namanganda 3 nafar hokimlik mansabdori pora bilan ushlangani haqida xabar berilgandi. 

Toshkent viloyatida ham hokim yordamchisi 2 ming dollar bilan ushlangandi. U fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyishini vaʼda qilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar