Daryo

“O‘zgidromet” 5-dekabrda yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan hududlarni e’lon qildi

Xususan, Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin.

2 daqiqa o‘qish40 561 ko‘rishlar0 izoh42

“O‘zgidromet” ” 5-dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, juma kun ham ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.

“O‘zgidromet” 4—5-dekabr kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Prognozlarga ko‘ra, dekabrning boshlarida respublika bo‘yicha qish faslining boshi uchun biroz iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar