O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, juma kuni kunduzi harorat 34-37 daraja atrofida, janubda 39 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida biroz havo biroz salqinroq bo‘lib, harorat 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.
9-may, shanba kuni hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat barcha joylarda 28-33 darajagacha pasayadi.
10-mayda O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati 20-25 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
11-mayda Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechasi va ertalab Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.
10—11-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, 9—10-mayda ayrim joylarda ba’zida 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 10—11-mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda 8—9-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 8 mayda 34-36 daraja, 9-mayda 30-32 daraja bo‘ladi. 10-mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 20-22 daraja bo‘ladi. 11-mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 23-25 daraja bo‘ladi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo salqinlashib, yomg‘ir yog‘adi
9-mayda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, 10-mayda respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
1 daqiqa o‘qish8 636 ko‘rishlar0 izoh4








