Daryo

O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Tog‘larda yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin. Havo harorati yana pasayadi.

1 daqiqa o‘qish2 773 ko‘rishlar0 izoh16

O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, 1—3-dekabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va dekabrga kelib kunduzi havo 12-13 daraja iliqqacha isiydi.

4—5-dekabr kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Shimoliy hududlardan tashqari, respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 6-11 daraja iliqqacha pasayadi. 1—5-dekabrda harorat kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikkcha esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Toshkentda 1—3-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—5 dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 0-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 1—3-dekabrda 13-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 4—5-dekabrda 8-11 daraja bo‘ladi.

“O‘zgidromet” mamlakat bo‘ylab sovuq antisiklon ta’siri 5-dekabrga qadar saqlanib turishini ma’lum qilgandi. 

Qish mavsumi uchun ham ob-havo prognozini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, dekabr oyi normaga nisbatan biroz issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdori norma atrofida yoki undan kam bo‘ladi. Yanvar oyi umumiy holatda normaga yaqin, ayrim hududlarda biroz sovuqroq bo‘ladi. Uchinchi o‘n kunlikda anomal sovuq kutilmoqda. Fevral oyi birinchi o‘n kunligida anomal sovuq davom etadi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo sezilarli iliydi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar