Daryo

Oʻzbekiston—BAA doʻstligi va strategik sherikligi yanada mustahkamlanadi

Shavkat Mirziyoyev BAA hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilib, qator masalalarni muhokama qildi.

1 daqiqa o‘qish1 854 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston—BAA doʻstligi va strategik sherikligini yanada mustahkamlash, shuningdek, joriy yilning yanvar oyida BAAga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Keyingi yillarda BAA hukumati bilan 40 dan ortiq yoʻnalishlarda 300 dan ziyod tashabbuslar, jumladan, “Hukumat akseleratori”, “Bir million dasturchi” va “Yosh yetakchilar” kabi muhim dasturlar amalga oshirilgani qayd etildi. Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik boʻyicha qabul qilinayotgan yangi besh yillik dasturni amalga oshirish zarurligi aytildi. Oʻzbekiston prezidenti BAA bilan innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.

Byurokratiyani kamaytirish, sunʼiy intellekt sohasida 5 million nafar prompt-muhandisni oʻqitishda BAAning ilgʻor tajribasini joriy etish hamda “Yosh avlod” va “Kitob chellenji” loyihalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrishga kelishib olindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va vazir Muhammad al-Gargaviy O‘zbekiston—BAA munosabatlari tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar