Daryo

Shavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi

1 daqiqa o‘qish6 116 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston yetakchisi Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan samarali muzokaralar hamda ushbu mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammiti ochilishi hamda barqaror rivojlanish sohasidagi Shayx Zoid nomidagi mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi, sammitning yalpi majlisida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif yakunida Dubay xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Dubay fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi prezidenti, "Emirates" kompaniyalar guruhi raisi va bosh direktori Shayx Ahmad bin Said Ol Maktum va BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy kuzatib qo‘ydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar