Daryo

Ukraina va Rossiya o‘rtasida halok bo‘lgan askarlar jasadi almashildi (video)

Navbatdagi almashinuvda rus tomoni Kiyevga 1000 nafar askar jasadini qaytargan. Bunga javoban Moskvaga 30 nafar halok bo‘lgan askar jasadi topshirilgan.

1 daqiqa o‘qish2 370 ko‘rishlar0 izoh2

Ukraina va Rossiya o‘rtasida 20-noyabr kuni 1000 dan ortiq halok bo‘lgan askarlar jasadi almashildi. Bu hadqa Ukrainskaya Pravda xabar berdi.

“Tez orada huquqni muhofaza qilish organlari tergovchilari Ichki ishlar vazirligining ekspertlik muassasalari bilan birgalikda barcha zarur tekshiruvlarni o‘tkazadi va repatriatsiya qilingan jasadlarning shaxsini aniqlaydi”, deyiladi Harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha Ukraina muvofiqlashtirish shtabi bayonotda.

Ushbu tadbir yuqoridagi shtab, Ukraina Xavfsizlik xizmati, Ukraina Qurolli Kuchlari, Ichki ishlar vazirligi, Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati va boshqa davlat idoralarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli amalga oshirilgan. Bunda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi qo‘shimcha yordam ko‘rsatgan.

Ayni paytda, Rossiya Davlat Dumasi deputati Shamsail Saraliyev RBK nashriga bergan intervyusida halok bo‘lgan askarlar jasadlari almashilganini tasdiqlagan. Uning qayd etishicha, Rossiya tomoni Ukrainaga 1000 nafar ukrainalik harbiylarning jasadini topshirgan bo‘lsa, Moskvaga 30 nafar jasad qaytarilgan.

Ukraina va Rossiya o‘rtasida so‘nggi marta 23-oktyabr kuni askarlar jasadlari almashilgandi. O‘shanda Ukrainaga 1000 nafar qurbonning jasadi qaytarilgan, Rossiyaga esa 31 ta jasad topshirilgan.

Kecha, 19-noyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrif buyurib, mamlakat yetakchsi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashgan. Ikki rahbar Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilib, halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini repatriatsiya qilishga kelishib olgandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar