Daryo

Rossiya va Ukraina “193 ga 193” formatida asirlar almashdi (video)

Aprel oyidagi ikkinchi almashinuv jarayonida BAA va AQSH vositachilik qildi.

1 daqiqa o‘qish5 030 ko‘rishlar0 izoh4

Rossiya va Ukraina aprel oyi ichida ikkinchi marta asirlar almashdi. Amaliyot natijasida har ikki tomondan 193 nafardan harbiy xizmatchi o‘z yurtiga qaytarildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Asirlarni qaytarish jarayonida Birlashgan Arab Amirliklari va AQSH vositachilik qildi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, rossiyalik harbiylar hozirda Belarus hududida bo‘lib turibdi. U yerda ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Keyinchalik barcha harbiylar davolanish va reabilitatsiya uchun Rossiyaga olib ketiladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham asirlar almashilganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari, milliy gvardiya va politsiya xodimlari qaytarilgan.

Asirlar almashuvining oldingi bosqichi ikki hafta oldin, Pasxa bayrami arafasida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda har ikki tomonda 175 nafardan asir qaytarilgan. Harbiylardan tashqari, har ikki tomon yetti nafardan tinch aholi vakillarini ham almashgan. Rossiyaga Kursk viloyatining Sudja tumanidan bo‘lgan oxirgi guruh — besh ayol va ikki erkak qaytarilgandi.

Halok bo‘lganlar jasadlari almashinuvi

Asirlar qaytarilishidan ikki kun avval Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini ham almashgan. Davlat dumasi deputati Shomsail Saraliyevning “RBK” nashriga ma’lum qilishicha, Ukraina tomoniga 1000 nafar halok bo‘lgan askar jasadi topshirilgan. Rossiya tomoniga esa 41 nafar harbiyning jasadi qaytarilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar