Daryo

Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazildi

Bu iyun oyi boshida Istanbulda ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasidagi sakkizinchi harbiy asirlar almashinuvi bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish6 730 ko‘rishlar0 izoh0

Kecha, 4-iyul kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida yana bir harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda birinchi bo‘lib Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi, keyinroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham almashinuvni tasdiqladi.

Ukraina harbiylari
Foto: trt.global

“Vatanimiz himoyachilari o‘z uylariga qaytdi! Ularning aksariyati 2022-yildan beri Rossiya asirligida edi”, deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.

Rossiya Mudofaa vazirligi 2-iyun kuni Istanbulda erishilgan Rossiya-Ukraina kelishuvlariga ko‘ra yana bir guruh rossiyalik harbiy xizmatchilar qaytarilgani evaziga Ukraina qurolli kuchlarining bir guruh harbiy asirlari o‘tkazilganini ma’lum qildi.

“Ayni vaqtda Rossiya harbiy xizmatchilari Belarus Respublikasi hududida bo‘lib, u yerda ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi Rossiya tomonining xabarida.

Bu iyun oyi boshida Istanbulda ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasidagi sakkizinchi harbiy asirlar almashinuvi bo‘ldi. Tomonlar qancha mahbusni bir-biriga topshirgani haqida ma’lumot bermagan.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar