Daryo

Eldor Shomurodov: “Misrga ikkitadan ko‘p gol urishimiz mumkin edi”

O‘zbekiston terma jamoasi sardori BAAdagi musobaqa yarim finalidan keyin o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

1 daqiqa o‘qish1 660 ko‘rishlar0 izoh2

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tayotgan “Al Ain Cup” musobaqasi yarim finalidan o‘rin olgan Misrga (2:0) bahsdan keyin o‘yin haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi bo‘limda ustunlik biz tomonimizda edi. Ikkita yoki undan ham ko‘proq gol urish imkoniyati bo‘ldi. Dastlabki bo‘limni g‘alaba bilan yakunladik, ikkinchi bo‘limda esa himoyaga ko‘proq e’tibor qaratdik. Raqib taktikasini o‘zgartirdi, shuning uchun bo‘lim boshida tashabbusni ularga berdik. Lekin eng muhimi — gol o‘tkazib yubormadik. Vaziyatlarni golga aylantirishda jiddiy xato bo‘lganini ayta olmayman. Men uchun eng muhimi — imkoniyatlar yaratish. Shu imkoniyatlar bizda bor edi.

Ikki xil taym bo‘ldi. Birinchi bo‘limda bosim orqali tashabbusni o‘zimizda ushlab turishga harakat qildik, tanaffusdan keyin esa himoyaga e’tibor qaratdik. Hozirgi zamonaviy futbolda har narsaga tayyor bo‘lish kerak. Himoyada ham, hujumda ham bir xil harakat qilmasa, ba’zi o‘yinlarda qiyinchilik bo‘ladi. Shu sababli hamma narsaga tayyor bo‘lishimiz lozim”, dedi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Misr jamoalari o‘rtasidagi bahsda “oq bo‘rilar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi har ikki golga ham Oston O‘runov mualliflik qildi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi “Al Ain Cup” musobaqasi final bosqichiga yo‘l oldi. Jamoa hal qiluvchi bahsda Eronga qarshi o‘ynaydi. 3-o‘rin uchun o‘yinda esa Misr hamda Kabo-Verde kuch sinashadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar