Daryo

“Jamoam bilan faxrlanaman” — Fabio Kannavaro

Italiyalik mutaxassis noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan “Al Ain International Cup” xalqaro kubogi natijalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

1 daqiqa o‘qish1 697 ko‘rishlar0 izoh9

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan “Al Ain International Cup” xalqaro kubogi natijalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Kannavaroga ko‘ra, terma jamoaning asosiy maqsadi — 2026-yilgi Jahon chempionatiga to‘liq tayyorgarlik bilan yetib borish.

“Bizning oldimizda katta vazifa turibdi — 2026-yilgi Jahon chempionatiga puxta tayyorlangan holda borish. BAAdagi turnirda g‘olib chiqqan jamoamdan faxrlanaman. FIFA reytingida bizdan yuqoriroqda turgan Misr va Eron ustidan qozonilgan g‘alabalar biz uchun muhim tajriba bo‘ldi. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Har kuni fidoyilik bilan ishlashni davom ettirishimiz kerak. Faqat shundagina barqaror, mustahkam jamoa tizimini shakllantira olamiz. Biz — bir jamoamiz. O‘zbekiston xalqi, keling, birgalikda orzu qilaylik”, deya fikr bildirdi Fabio Kannavaro.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA yig‘ini doirasida BAAda o‘rtoqlik turnirida ishtirok etdi. Jamoa musobaqaning yarim finalida Misrdan 2:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, finalda Eronni mag‘lub etdi (asosiy vaqt — 0:0, penaltilar seriyasi — 4:3). 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar