Daryo

AQSH 4 ta davlatni ayrim savdo bojlaridan ozod qiladi

Buning evaziga, amerikalik kompaniyalarning ushbu davlatlar bozorlariga kirishi osonlashtiriladi.

1 daqiqa o‘qish2 186 ko‘rishlar0 izoh3

AQSH Argentina, Ekvador, Gvatemala va Salvador ishlab chiqaradigan ayrim oziq-ovqat mahsulotlari va import tovarlariga qo‘yilgan bojlarni olib tashlashni rejalashtirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bojlardan ozod qilinish evaziga amerikalik kompaniyalarning ushbu davlatlar bozorlariga kirishi osonlashtiriladi.

Banan va qahva narxlarini pasaytirish rejalashtirilmoqda

Yaqin ikki hafta ichida yakunlanishi kutilayotgan kelishuvlar mintaqadan import qilinadigan banan, qahva va boshqa mahsulotlar narxini pasaytirishga qaratilgan.

Oq uy aholining yashash xarajatlari bilan bog‘liq noroziliklari fonida narxlar masalasiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yuqori narxlar uchun sobiq mamlakat rahbari Jo Bayden siyosatini ayblamoqda. Iqtisodchilar esa narxlarning o‘sishiga Trampning deyarli barcha davlatlarga qo‘ygan keng ko‘lamli bojlari ham sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Mintaqa davlatlari qanday munosabat bildirdi?

Argentina, Salvador, Gvatemala va Ekvador mazkur yengillikni mamnuniyat bilan qabul qildi. Xususan:

  • Argentina tashqi ishlar vaziri Pablo Kirno bu kelishuv AQSH investitsiyalarini oshirish uchun sharoit yaratishini aytdi.
  • Salvador elchisi ikki davlat ishonch asosida munosabatlarni qayta tiklaganini ta’kidladi.
  • Gvatemala elchisi esa bu kelishuv mamlakatni yanada raqobatbardosh va investorlar uchun jozibador qilishini bildirdi.

AQSH Braziliya bilan ham muzokara olib bormoqda

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeira bilan shunga o‘xshash kelishuvni muhokama qildi. Viyeiraning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar bu masalani jadal tarzda ko‘rib chiqmoqda va tez orada javob berishi kutilmoqda. Braziliya dunyodagi eng yirik qahva eksportchisi, ammo Tramp joriy qilgan 50 foizlik bojlar sabab AQSh bozoriga chiqish ancha qiyinlashgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar