Daryo

Eron Ispaniyaning JCH-2026 dagi g‘alabasini AQSH va Isroil siyosati tanqidchilarining yutug‘i sifatida baholadi

Boshqa tomondan, Isroil siyosatini ochiq qo‘llab-quvvatlayotgan Argentina prezidenti Xavyer Miley omili sababli isroillik siyosatchilar va futbol muxlislari hal qiluvchi bahsda Argentina terma jamoasiga muxlislik qilgani aytilmoqda.

1 daqiqa o‘qish10 485 ko‘rishlar0 izoh24

Eron hukumati Ispaniya terma jamoasini Jahon chempionati finalidagi g‘alabasi bilan tabriklab, bu natija dunyo bo‘ylab AQSH va Isroil harakatlariga qarshi bo‘lgan insonlarga quvonch olib kelganini ta’kidladi. Ispaniya hukumatining G‘azodagi urushni qoralashi va Isroil-AQSHning Eronga qarshi harakatlariga bildirgan tanqidiy munosabati sababli ispan futbolchilari ijtimoiy tarmoqlarda butun dunyo bo‘ylab katta qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘ldi.

Boshqa tomondan, Isroil siyosatini ochiq qo‘llab-quvvatlayotgan Argentina prezidenti Xavyer Miley omili sababli isroillik siyosatchilar va futbol muxlislari hal qiluvchi bahsda Argentina terma jamoasiga muxlislik qilgani aytilmoqda.

Eronning yuqori martabali vakili Muhammad Boqir G‘olibof IRNA davlat axborot agentligiga bergan bayonotida Ispaniyaning pozitsiyasini yuqori baholadi:

“Futbolchilarning Falastin xalqini himoya qilishi va Ispaniyaning Eronni qo‘llab-quvvatlashi — bu aqlli hamda hurmatga loyiq millatning erkinlik va qat’iyatlilik xususiyatlaridan dalolat beradi. Ispaniyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi nafaqat ispan xalqini, balki butun dunyodagi ko‘plab erkin, mustaqil va adolatsevar xalqlarning qalbini quvontirdi”.

Shuningdek, Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqayiy ham Ispaniyaning xalqaro maydondagi pozitsiyasi va terma jamoa a’zolarining harakatlarini alohida e’tirof etdi:

“Ispaniya milliy terma jamoasining xulq-atvori va umuman olganda Ispaniyaning so‘nggi oylarda tajovuz, genotsid hamda zulmga qarshi pozitsiyasi juda ajoyibdir”.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar