“Inter Mayami” MLS Kubogi finalida “Vankuver” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. Mayamiliklar sardori Lionel Messi uchrashuvda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Messi ushbu natija evaziga faoliyatidagi 48-sovriniga ega chiqdi va o‘z rekordini yangilagan holda dunyoning eng sovrindor futbolchisi bo‘lib turibdi.
Argentina terma jamoasi futbolchisi klub darajasida avval “Barselona” va “PSJ” safida o‘ynagan. U 2023-yildan buyon “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Messi faoliyati davomida quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritgan:
- La Liga (10 marta)
- Chempionlar Ligasi (4 marta)
- Ispaniya Superkubogi (8 marta)
- Ispaniya Kubogi (7 marta)
- Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (3 marta)
- Yevropa Superkubogi (3 marta)
- Fransiya chempionati (2 marta)
- Fransiya Superkubogi (1 marta)
- MLS Kubogi (1 marta)
- Liga Kubogi (1 marta)
- MLS muntazam chempionati (1 marta)
- KONKAKAF Chempionlar Ligasi (1 marta)
- Olimpiya o‘yinlari (1 marta)
- Amerika Kubogi (2 marta)
- Finalissima (1 marta)
- Jahon chempionati (1 marta)
Ma'lumot uchun, “Inter Mayami” ilk bor MLS Kubogida g‘alaba qozondi. Bu klub tarixidagi uchinchi sovrin. Messi jamoaga kelishidan avval klub hech qanday rasmiy turnirda g‘alaba qozonmagan.








