Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 12-noyabr kuni mamlakat adliya vaziri German Galushchenko va energetika vaziri korrupsiya sababli lavozimidan chetlatilganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Bundan bir kun oldin maxsus korrupsiyaga qarshi prokuratura Galushchenkoni (sobiq energetika vaziri) 100 million dollarlik korrupsiya ishida ayblagan edi. Bosh vaziri Yuliya Svyridenkoga ko‘ra, Galushchenkoning o‘rnini hozircha Yevropa integratsiyasi masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Lyudmila Sugak egallaydi.
“Bu siyosiy qaror. Tergov davrida lavozimdan chetlatilish to‘g‘ri yo‘ldir. Men sudda o‘z pozitsiyamni himoya qilaman”, degan Galushchenko vaziyatga munosabat bildirib.
Korrupsiyaga qarshi prokurorlar Zelenskiyning yaqin hamkori Timur Mindichni ham energetika sohasidagi o‘g‘rilik bilan bog‘liq 100 million dollarlik jinoyat ishini tashkil etganlikda ayblamoqda. Ta’kidlanishicha, Galushchenko Mindichdan shaxsiy foyda olib, sohadagi moliya oqimlarini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan.
Zelenskiy esa bu voqeaga munosabat bildirib, shunday degan:
“Adliya va Energetika vazirlari o‘z lavozimlarida ortiq qola olmaydi. Bu ishonch masalasi. Ayblovlar bo‘lsa, ular tergov qilinishi kerak. Men bosh vazirdan bu vazirlarning iste’foga chiqishini ta’minlashni so‘radim”.








