Daryo

Ukrainada sobiq Davlat chegara xizmati rahbarining uyi tintuv qilindi

Sergey Deynek kontrabanda ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida koʻrilmoqda. Zelenskiy uni 18 kun oldin ishdan boʻshatgan edi.

1 daqiqa o‘qish18 162 ko‘rishlar0 izoh3

Ukrainada Milliy korrupsiyaga qarshi byuro Davlat chegara xizmati sobiq rahbari Sergey Deynekoning uyida tintuv oʻtkazmoqda. Bu haqda “Ukrainskaya Pravda” xabar berdi.

Deyneko sigaret kontrabandasi ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida ko‘rilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kontrabanda mahsuloti xorijiy raqam va diplomatik belgilar o‘rnatilgan avtomobillar orqali olib o‘tilgan. Avtomobillarda diplomatik pasportli shaxslar bo‘lgani sababli transport vositalari tekshiruvdan o‘tkazilmagan.

Deyneko har bir avtomobil uchun 3 ming yevro olgani taxmin qilinmoqda. Birgina 2023-yil iyul–noyabr oylarida chegarachilar 68 ta avtomobilning to‘sqinliksiz o‘tishi evaziga kamida 204 ming yevro miqdorida noqonuniy daromad olgan. Faoliyatni yashirish maqsadida gumonlanuvchilar Chexiya va Avstriya hududida ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillardan foydalangan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 4-yanvar kuni Sergey Deynekoni Davlat chegara xizmati rahbari lavozimidan ozod etgandi. Deyneko ushbu lavozimni 2019-yil iyunidan beri egallab kelgan. U hozirda Ichki ishlar vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar