Daryo

“Ukraina korrupsiyaga chidasa, urushda yutqazadi” — Polsha bosh vaziri

Donald Tusk korrupsiya tufayli Kiyev xorijiy hamkorlar yordamini yo‘qotishi xavfi borligini aytdi. U Zelenskiyni buning oqibatlaridan ogohlantirdi.

1 daqiqa o‘qish1 878 ko‘rishlar0 izoh2

Ukraina korrupsiyani yenga olmasa, Rossiyaga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchraydi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.

Uning aytishicha, korrupsiya tufayli Kiyev xorijiy hamkorlar yordamini yo‘qotishi xavfi bor.

“Agar Ukrainada korrupsiya mojarolari davom etsa, hamkorlarni bu mamlakatni qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirish tobora qiyinlashadi”, dedi Tusk.

Vazir avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosini (MAB) tugatishning “halokatli oqibatlari” haqida ogohlantirgan. Tusk ushbu idorani yopishdan voz kechish qarorini olqishladi.

  • Tusk: Ukraina korrupsiyaga chidasa, urushda yutqazadi

“Biroq haqiqat allaqachon yuzaga chiqqan. Shuning uchun bu masalada ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barchani ogohlantiraman: korrupsiyadan ehtiyot bo‘ling, bu rus modelidan ehtiyot bo‘ling, chunki unga chidasangiz, urushda yutqazasiz”, deya ogohlantirdi Tusk.

Polsha bosh vaziri bu borada Zelenskiyni ham ogohlantirganini qayd etdi. Uning aytishicha, Ukrainadagi korrupsiya “Rossiya va Yevropadagi rossiyaparast partiyalarning asosiy targ‘ibot mavzularidan biri” hisoblanadi.

“Ba’zilar hatto Ukrainani Rossiyadan ko‘ra ko‘proq korrupsiyalashgan deb hisoblashgan. Men Zelenskiyga korrupsiyaning eng kichik ko‘rinishlaridan ham ehtiyot bo‘lishini aytdim”, dedi Tusk.

  • Ukrainadagi korrupsiya mojarosi

MAB va Ixtisoslashtirilgan aksilkorrupsiya prokuraturasi 10-noyabr kuni “Energoatom” davlat energetika kompaniyasi atrofidagi keng ko‘lamli korrupsiya sxemasini fosh etdi. Janjal markazida Ukrainaning amaldagi hukumatidagi bir nechta vazirlar, prezidentning uzoq yillik safdoshi Timur Mindich va moliyachi Aleksandr Sukerman bo‘lgan.

O‘sha kuni huquq-tartibot idoralari Mindichning uyida, “Energoatom”da va Ukraina adliya vaziri German Galushchenkoning manzilida tintuv o‘tkazdi. Mindich esa bunga qadar qisqa vaqt oldin Ukrainani tark etgan edi.

12-noyabr kuni Zelenskiy adliya vaziri German Galushchenko hamda energetika vaziri Svetlana Grinchukni ishdan bo‘shatishni talab qildi.

Ikkala vazir ham Zelenskiyning arizasidan keyin deyarli darhol iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi. 13-noyabr kuni Zelenskiy Mindich va Sukermanga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar