Daryo

Iordaniyada arxeologlar 5500 yillik marosim landshaftini topishdi

Tadqiqotchilar 95 dan ortiq dafn inshootlari (dolmenlar), tik toshlar va megalitik binolarni topishgan.

1 daqiqa o‘qish2 285 ko‘rishlar0 izoh6

Kopengagen universiteti arxeologlarining xalqaro guruhi Iordaniya janubidagi sahroda taxminan 5500 yil avvalgi ulkan marosim majmuasini aniqladi. Bu haqda Good News Network nashri xabar bermoqda.

Olimlarning fikricha, bu majmua chuqur inqirozni boshdan kechirayotgan jamiyat tomonidan qurilib, qadimgi odamlarga ekologik va ijtimoiy o‘zgarishlar oldida birlashishga yordam bergan.

Susanne Kerner

Tadqiqotchilar 95 dan ortiq dafn inshootlari (dolmenlar), tik toshlar va megalitik binolarni topishgan. Tahlillarning ko‘rsatishicha, bu majmua yashash uchun mo‘ljallanmagan - inshootlarda tom va o‘choqlar bo‘lmagan, bu esa ularni qattiq sahro iqlimida istiqomat qilishga yaroqsiz qilgan.

Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, inshootlar o‘zining mis buyumlari va boy ramzlari bilan tanilgan eneolit madaniyati (miloddan avvalgi 4500-3500 yillar) inqirozga uchraganidan so‘ng qurilgan. Arxeologik va ekologik ma’lumotlar qurg‘oqchilik davri boshlanganini ko‘rsatmoqda. Bu esa savdo aloqalarining uzilishiga va an’anaviy hunarmandchilikning yo‘qolishiga olib kelgan.

Susanne Kerner

Bu yerda joylashgan majmua, ehtimol, tarqoq guruhlarning yig‘ilish joyi bo‘lib xizmat qilgan. Ular u yerda oxirat bilan bog‘liq marosimlar va boshqa jamoaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun to‘planishgan.

Bundan avval Janubiy Koreyada arxeologlar ilk bor Pekche davriga oid muzlatkich vazifasini oʻtagan muz omborxonasini topgandi.

Xitoyda 5 ming yillik inson suyaklari orasidan bosh suyaklaridan yasalgan idishlar va niqoblar topildi.

Turkiyaning Denizli viloyatida joylashgan qadimiy Kolossaye shahrida arxeologlar 2200 yillik 60 ta qabrdan iborat katta nekropol (qabriston majmuasi)ni topdi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar