Daryo

Shavkat Mirziyoyev Qatarga yetib bordi

Davlat rahbarini Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon al Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

1 daqiqa o‘qish1 996 ko‘rishlar0 izoh3

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al Soniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Doha shahriga yetib bordi.

Davlat rahbarini Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon al Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti ertaga, 4-noyabr kuni, Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatlarning barqarorligi, ijtimoiy adolatli va inklyuzivligini oshirish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish hamda boshqa yo‘nalishlarda qator tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Sammit doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar