Daryo

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi Torxam chegara punkti ochildi

Mazkur o‘tish yo‘lagi 11-oktyabr kuni ikki davlat chegarasida qurolli to‘qnashuv bo‘lgani sabab yopilgan edi.

1 daqiqa o‘qish2 776 ko‘rishlar0 izoh0

Pokiston va Afg‘onistonni bog‘lovchi Torxam chegara punkti qayta ochildi. Bu orqali afg‘on muhojirlariga vatanga qaytish imkoniyati yaratildi.

Pokiston rasmiylari chegara orqali gumanitar va tijorat yo‘nalishidagi harakatlar qayta tiklanganini ma’lum qilgan. Afg‘onistonning Nangarhor provinsiyasi axborot va madaniyat boshqarmasi rahbari Qurayshiy Badlun ham chegara ochilganini tasdiqlagan.

Mazkur punkt 11-oktyabr kuni yopilgan edi. Pokiston chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuvdan so‘ng afg‘on muhojirlarining o‘tishiga vaqtincha to‘siq qo‘ygandi. Oqibatda Xaybar-Paxtunxva provinsiyasidan Torxamgacha bo‘lgan yo‘lda yuzlab yuk mashinalari va minglab muhojirlar suv ham, oziq-ovqat ham topolmay, yo‘lda qolib ketgan.

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ziddiyat

15-oktyabr kuni ikki davlat chegarasida yana to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgach, 48 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi e’lon qilingan. Keyinchalik bu kelishuv Turkiya va Qatar vositachiligida Doha shahrida o‘tkazilgan muzokaralar davomida uzaytirilgan. Shundan so‘ng muzokara Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan va suhbatlarda sulhni cho‘zish hamda chegara mojarolarini bartaraf etish masalalari muhokama qilingan. Navbatdagi uchrashuv 6-noyabr kuni yana Istanbulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi chegara

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara uzunligi 2 670 kilometrni tashkil etib, 18 ta rasmiy o‘tish punkti mavjud. Eng gavjum punktlar — Nangarhor provinsiyasidagi Torxam va Qandahordagi Spin Boldak sanaladi.

Har safar chegarada qurolli to‘qnashuvlar yuz berganda mazkur punktlarning yopilishi odatiy hol. Ammo bu dengizga chiqish imkoniyati yo‘q Afg‘oniston iqtisodiyotiga og‘ir ta’sir ko‘rsatadi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar