Daryo

Mbappe “Real” muxlisining o‘limiga sababchi bo‘lib qoldi

Fransiyalik hujumchi “Barselona”ga qarshi bahsda hakam tomonidan belgilangan penaltini golga aylantira olmagach, tribunada o‘tirgan Isroil fuqarosi hushidan ketgan.

1 daqiqa o‘qish2 537 ko‘rishlar1 izoh136

Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan “Real Madrid” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida “qirollik klubi” muxlisi yurak xurujiga uchrab vafot etdi. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.

Manbaga kora, voqea uchrashuvning 52-daqiqasida, aniqrog‘i fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe hakam tomonidan belgilangan penaltini tepish paytida yuz bergan. Hujumchi zarbani golga aylantira olmagach, tribunada o‘tirgan Isroil fuqarosi hushidan ketgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, uning yonida o‘tirgan muxlislar va “Real” darvozaboni Tibo Kurtua hakamga o‘yinni to‘xtatish kerakligini bildirgan, ammo o‘yin davom ettirilgan.

Tibbiyot xodimlari darhol yordam ko‘rsatgan, so‘ngra muxlis shifoxonaga olib ketilgan. Afsuski, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan “El-Klasiko”da “Real” “Barselona” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘yindagi gollarga Kilian Mbappe, Jud Bellingem hamda Fermin Lopes mualliflik qildi. Hozirda “qirollik klubi” 27 ochko bilan turnir jadvalining birinchi pog‘onasidan joy olgan. 22 ochkosi bor “Barselona” esa 2-o‘rinni egallab turibdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar