Daryo

Vashingtonda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkaziladi

Sammit Tramp ishtirokidagi “C5+1” formatidagi ilk uchrashuv bo‘ladi. Bundan oldin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 2023-yilning sentyabrida o‘sha paytdagi AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashgan edi.

1 daqiqa o‘qish2 114 ko‘rishlar0 izoh3

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va AQSH prezidenti Donald Tramp ishtirokidagi sammit 6-noyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevning matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, To‘qayev Trampga taklif uchun minnatdorlik bildirgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev AQSH prezidenti Donald Trampga 6-noyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo—AQSH sammitida ishtirok etish uchun yuborilgan taklif yuzasidan samimiy minnatdorlik maktubini yo‘lladi. Davlat rahbari Amerika yetakchisining ushbu tashabbusini o‘z vaqtida bo‘lgan deb baholadi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

​Qozog‘iston prezidenti AQSH rahbari Donald Trampning ichki va tashqi siyosatining asosiy maqsadlariga qo‘shilishini, xususan, sog‘lom fikr tamoyillari asosida an’anaviy qadriyatlarni himoya qilish, shuningdek, Amerika rahbarining tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

Sammit Tramp ishtirokidagi birinchi shunday uchrashuv bo‘ladi. Bundan oldin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 2023-yil sentyabrida “C5+1” formatida o‘sha paytdagi AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashgan edi.

Sentyabr oyi oxirida Nyu York shahrida O‘zbekiston rahbari AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. Davlat rahbarlari O‘zbekiston—AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishgandi.

Sentyabr oyi boshida esa O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Telefon muloqoti chog‘ida prezidentlar Markaziy Osiyo davlatlari va AQSHning “C5+1” shaklidagi mintaqaviy hamkorligini chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar