Daryo

Parkentda Cobalt 9 yoshli bolani bosib, sudrab ketdi (video)

Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda bola halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqatildi. Viloyat YHXBning xabar berishicha, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va asossiz hisoblanadi. Hozirda uning ahvoli yaxshi, davolanish jarayonida.

1 daqiqa o‘qish2 536 ko‘rishlar0 izoh9

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumanida Cobalt 9 yoshli bolani bosib, sudrab ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Hodisa 18-oktyabr kuni soat taxminan 11:00 larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o‘tgan (D-015 Qizilto‘g‘ – Parkent  – Yangi bozor) avtomobil yo‘lining 57-kilometrida sodir bo‘lgan.

Hodisada 1986-yilda tug‘ilgan X.D. boshqaruvidagi Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tayotgan 2016-yilda tug‘ilgan Sh.M.ni urib yuborgan. Natijada piyada tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, davolanish jarayonida.

Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda bola halok bo‘lgani haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va asossiz hisoblanadi.

Ushbu YTHda ishtirokchi sifatida Damas haydovchisi, 1992-yilda tug‘ilgan K.X. ham qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

12-oktyabrda Andijonda Nexia haydovchisi yoʻlning belgilangan qismidan oʻtayotgan 2 nafar bolani urib yubori xabar qilingandi. Shuningdek, Xorazmda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida trotuarda turgan 2 yoshli bola halok bo‘lgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar