Daryo

Xorazmda Cobalt trotuarda turgan 2 yoshli bolani urib yuborib, vafotiga sabab bo‘ldi

Cobalt dastlab quvib o‘tish vaqtida Nexia’ga urilib, rul boshqaruvini yo‘qotgan.

1 daqiqa o‘qish999 ko‘rishlar0 izoh0

Xorazmda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida trotuarda turgan 2 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, holat 17-sentyabr kuni soat taxminan 9:00 larda Yangiariq tumani “Angarik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 4R-162 avtomobil yo‘lining birinchi kilometrida sodir bo‘lgan.

1991-yilda tug‘ilgan Nexia avtomashinasi haydovchisi chap tomonga qayrilmoqchi bo‘lib turganida, orqa tomondan harakatlanib kelayotgan 33 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi uni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Biroq Nexia avtomashinasiga urilib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida, trotuarda turgan 2023-yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. U voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiariq tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida haydovchi “Volga”da 6 yashar bolani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar