Daryo

“Manchester Yuanyted” 6 nafar futbolchini kuzatmoqda

Klub rahbariyati Brunu Fernandesh va Kobbi Maynu kabi yarim himoyachilarni sotib, ularning o‘rniga boshqa futbolchilarni sotib olmoqchi.

1 daqiqa o‘qish1 017 ko‘rishlar0 izoh1

“Manchester Yunayted” klubi kelasi yil bir qancha futbolchilarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda talkSPORT nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim markaziy yarim himoya chizig‘ini yanada tezkor va jismonan kuchli futbolchilar bilan mustahkamlashni istamoqda. Shu maqsadda “qizil iblislar” olti nafar futbolchidan iborat nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqqan.

Mankunianliklar “short-listi”dan “Brayton” futbolchisi Karlos Baleba, “Nottingem Forest” vakili Elliot Anderson, “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Adam Uorton, “Shtutgart” futbolchisi Anxelo Shtiller, Madridning “Atletiko” klubida to‘p surayotgan Konor Gallaher hamda “Chelsi” futbolchisi Andrey Santos joy olgan.

Qayd etilishicha, klub yozda bir qancha yetakchilarini, jumladan Brunu Fernandesh va Kobbi Maynu kabi futboolchilarni sotish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq “Manchester Yunayted” qishki transfer oynasi vaqtida “Real Madrid”ning braziliyalik hujumchisi Endrikni ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, himoyachi Harri Maguayr klub bilan yangi shartnoma imzolash uchun maoshini kamaytirishga tayyor ekanligi aytilgandi

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliya Premyer Ligasi 8-turidan keyin turnir jadvalida 13 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.  

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar