Daryo

“PSJ” Lamin Yamal transferi yuzasidan “Barselona” bilan muzokara boshladi

18 yoshli vingerning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2031-yil yozigacha amal qiladi. Bitimda futbolchining tovon puli 1 milliard dollar etib belgilangan.

1 daqiqa o‘qish2 216 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi “Barselona”ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamalga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Goal nashrining yozishicha, parijliklar bu transferni tarixiy rekord evaziga amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Yamalning “Barselona” bilan tuzgan shartnomasi 2031-yil yozigacha amal qiladi. Bitimda futbolchining tovon puli 1 milliard dollar etib belgilangan. Shunga qaramay, “PSJ” rekord miqdordagi taklif tayyorlayotgani aytilmoqda — bu taklif 2017-yilda Neymar uchun to‘langan 257 million dollarlik transfer summasidan ham oshib ketadi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Yamal uchun taklif qilinishi mumkin bo‘lgan summa miqdori 277 million dollarni tashkil etadi. “PSJ” vakillari allaqachon Yamal transferi yuzasidan muzokaralarni boshlagan. Biroq klub rahbariyati hozircha rasmiy taklif yuborilmaganini bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal joriy mavsumda “Barselona” safida 5 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va 3 ta assist muallifiga aylangan. Transfermarkt portali vingerning qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar