Daryo

Qozog‘istonlik futbolchi “Barselona” bilan shartnoma imzoladi

Karim Mendikanov Ispaniyaga 2022-yilda kelgan va Katalon futbol tizimida tahsil olgan. U jamoaga kelasi mavsumdan qo‘shiladi.

1 daqiqa o‘qish79 633 ko‘rishlar0 izoh185

Qozog‘istonlik 13 yoshli futbolchi Karim Mendikanov faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida davom ettiradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, Sports.kz xabar berdi.

2011-yilda tug‘ilgan qozog‘istonlik vinger kataloniyaliklar bilan rasman shartnoma imzolagan va jamoaga kelasi mavsumdan qo‘shiladi.

“Mendikanov Ispaniyaga 2022-yilda kelgan va Katalon futbol tizimida tahsil olgan. O‘tgan mavsumda u ‘Serdanyola’ klubi safida mintaqaviy ligada debyut qilgan bo‘lsa, joriy mavsum boshida ‘San-Kugat’ jamoasiga o‘tib, uning yetakchisiga aylandi. O‘ng qanot vingeri sifatida to‘p suradigan futbolchi o‘zining tezligi, driblingi va golli uzatmalari bilan Ispaniya La Ligasining bir nechta klublari skautlari e’tiboriga tushgan”, deyiladi manbada

Foto: Sports.ru

Yakunda yosh iqtidor “Barselona” taklifini qabul qilishga qaror qilgan. Ma’lum qilinishicha, Mendikanov yangi jamoasiga moslashish uchun klubning yoshlar tarkibi bilan bir nechta mashg‘ulotlarni ham o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Karim Mendikanov “Barselona” tuzilmasi bilan shartnoma imzolagan ilk qozog‘istonlik futbolchi sifatida tarixga kirgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar