Daryo

“Barselona” “Arsenal” futbolchisini sotib olishi mumkin

Qizig‘i shundaki, londonliklar ustozi Mikel Artetaning o‘zi himoyachini kataloniyaliklarga tavsiya qilgan.

1 daqiqa o‘qish4 261 ko‘rishlar0 izoh3

“Barselona” yozgi transfer oynasida himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Fichajes nashrining yozishicha, klub o‘ng qanot himoyasi uchun “Arsenal” futbolchisi Ben Uayt nomzodini ko‘rib chiqilmoqda.

Qizig‘i shundaki, futbolchini “Barselona”ga shaxsan Mikel Artetaning o‘zi tavsiya qilgan. Sababi tarkibdagi katta raqobat ortidan Uayt o‘zining “tegib bo‘lmas futbolchi” maqomini yo‘qotgan. “Arsenal” esa zaxiraga qolib ketayotgan futbolchi uchun 30 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shuningdek, bu summa Kataloniya klubini ham to‘liq qanoatlantirishi mumkin.

“Barselona” Ben Uaytning universal futbolchi ekanligi uchun sotib olmoqchi — u ham qanotda, ham markaziy himoyada birdek ishonchli o‘yin ko‘rsata oladi. Qolaversa, uning hujumni boshlash qobiliyati ham Flikning taktik uslubiga to‘liq mos keladi.

Ma’lumot uchun, Ben Uayt 2021-yildan buyon “Arsenal” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilga qadar amal qiladi. Himoyachi joriy mavsum londonliklar safida jami 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1 gol va 2 assist yozdirib qo‘ygan.  

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar