Daryo

Lukashenko: “Kiyevga Tomahawk raketalarini berish yadroviy urushni qoʻzgʻatadi”

Bu raketalar 2000 ga yaqin Rossiya harbiy obyektlarini yoʻq qila oladi. Lukashenko Rossiya rahbariyati “Ukrainada tinchlik o‘rnatishni” maqsad qilganini da’vo qilmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 660 ko‘rishlar0 izoh2

Amerikaning Tomahawk qanotli raketalarining Ukrainaga topshirilishi Rossiyaning 2000 ga yaqin harbiy obyektlarini yo‘q qilish xavfini tug‘diradi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bu holat keskinlashuvga va dunyoni yadro urushi yoqasiga olib kelishini aytdi.

Lukashenkoning soʻzlariga koʻra, Rossiya rahbariyati “Ukrainada tinchlik o‘rnatishni” maqsad qilgan.

“Hech qanday prezidenti (Ukrainadagi urushni to‘xtatishni) masalani hal qilmaydi. Bu yadro urushigacha bo‘lgan vaziyatni keskinlashtiradi. Ehtimol, buni (AQSH prezidenti) Donald Tramp hammadan ko‘ra yaxshiroq tushunadi, u prezident Zelenskiy umid qilganidek, bu o‘lim qurolini berishga va Rossiyaning ichkarisiga zarba berishga ruxsat berishga shoshilmayapti”, deya uning soʻzlarini keltirdi “Belta”.

Tramp jurnalistlarga parvoz masofasi 1600 dan 2500 km gacha bo‘lgan Tomahawk raketalarini Kiyevga topshirishni Putin bilan muhokama qilishi mumkinligini aytgandi.

“Ehtimol, quloq sol, agar bu urush hal qilinmasa, men ularga Tomahawk yuboraman, deb aytaman. Men ularni jo‘natishim mumkin. Tomahawk — aql bovar qilmaydigan qurol, oʻta hujumkor. To‘g‘risini aytganda, Rossiyaga bu kerak emas”, degan Tramp.

Zelenskiy va Putin munosabati

Zelenskiy, o‘z navbatida, Tomahawk Vashington tomonidan berilgan taqdirda, zarbalar faqat Rossiya harbiy nishonlariga, jumladan, energetika infratuzilmasi obyektlariga berilishiga ishontirdi.

Putin esa Ukrainani ushbu raketalar bilan ta’minlash “keskinlikni kuchaytirishi” va Vashington bilan munosabatlarni “buzishi” haqida ogohlantirdi. U Rossiya havo mudofaasi Amerika raketalarini urib tushirishga tayyorligini, Kiyevning ulardan foydalanishining o‘zi jang maydonidagi kuchlar nisbatini o‘zgartirmasligini ta’kidladi.

AQSH va Ukraina prezidentlari uchrashuvi

17-oktyabr kuni Tramp va Zelenskiy Vashingtonda Tomahawk masalasida uchrashishi kutilmoqda. Ukraina prezidenti muzokaralarda raketalarni berishni so‘rashi mumkin.

“U Tomahawk’ka ega bo‘lishni istardi. Hamma Tomahawkʻni istaydi. Bizda ular ko‘p”, degan AQSH rahbari.

Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW) xabar berishicha, agar Kiyev Tomahawk raketalarini qo‘lga kiritsa, 1945 tagacha Rossiya harbiy obyektlari shikastlanish zonasida bo‘ladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar