Daryo

“Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

Ingliz klubi hamda “Real” o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan

1 daqiqa o‘qish10 032 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi futbolchisi Rodrigo Goes faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Foto: MSN

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan. “Shaharliklar” 24 yoshli braziliyalik hujumchi bilan 2030-yilga qadar amal qiladigan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor. “Real” esa Rodrigo transferidan taxminan 100 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda “Manchester Siti”ning bir nechta futbolchilarning transfer oynasi yakuniga qadar jamoani tark etishi kutilmoqda. Xususan, Savinyo “Tottenhem”ga, Jek Grilish esa “Everton”ga o‘tishi mumkin. Shu bois bosh murabbiy Pep Gvardiola qanot hujumini kuchaytirishni maqsad qilgan. Rodrigo esa bu pozitsiya uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Futbolchining o‘zi ham “Real”ni tark etishga qarshi emas. Sababi u 2026-yilgi Jahon chempionatiga optimal sport formasini borishni istamoqda. “Qirollik klubi”da esa unga yetarli o‘yin amaliyoti berilmayapti. Shu sababli Rodrigo boshqa jamoaga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

  • Ma’lumot o‘rnida, Rodrigo 2019-yil yozidan beri “Real Madrid” safida to‘p suradi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha davom etadi.
  • Eslatib o‘tamiz, Ispaniya La Ligasi 15-avgust kuni start oldi. “Real Madrid” chempionat doirasidagi ilk o‘yinini 19-avgust oqshomida “Osasuna”ga qarshi o‘tkazadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar