Daryo

2026-yilda sikveli chiqishi kutilayotgan mashhur filmlar

“Qattiqqo‘l xonim”da Miranda Pristli qaytadi! Endi u “Podium” jurnalini saqlab qolish uchun sobiq yordamchisi Emili bilan ishlashga majbur. Film ikki ayol o‘rtasidagi kuchli raqobat, o‘tkir hazillar va moda olamiga oid qiziqarli voqealarga to‘la bo‘ladi.

2 daqiqa o‘qish8 630 ko‘rishlar0 izoh13

Kino olamida 2026-yil unutilmas bo‘lishi shubhasiz. Tomoshabinlarni sevimli qahramonlarning qaytishi, yangi hikoyalar va uzoq yillik kutishlardan so‘ng filmlarning davomi chiqishi kutilmoqda. Dramadan tortib fantastikaga, sarguzashtdan komediyagacha — bu yil har kim o‘ziga yoqqan janrni topadi. Quyida 2026-yilda chiqishi eng kutilayotgan 10 film haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.

1. “Qattiqqo‘l xonim (The Devil Wears Prada 2)

Foto: Europa plus

Miranda Pristli qaytadi! Endi u “Podium” jurnalini saqlab qolish uchun sobiq yordamchisi Emili bilan ishlashga majbur. Film ikki ayol o‘rtasidagi kuchli raqobat, o‘tkir hazillar va moda olamiga oid qiziqarli voqealarga to‘la bo‘ladi.

2. “O‘lmas odam’’ (The Immortal Man)

Foto: Europa plus

Tomas Shelbi o‘z yo‘lini yakunlash arafasida. U jinoyatlar, siyosat va o‘tmishdagi og‘riqli xatolar girdobida qoladi. Film “Peaky Blinders” tarixiga yakun yasaydi.

2. “Dyunа: 3-qism’’ (Dyune, part 3)

Foto: Europa plus

Pol Atreydes endi imperator, ammo taxtni boshqarish oson ish emas. Fitnalar, siyosiy o‘yinlar va cho‘l imperiyasining sirli dunyosi yana o‘ziga rom etadi.

4. “Hayot-mamot o‘yini’’ (The Hunger Games: Dawn of the Reaping)

Foto: Europa plus

Bu safar hikoya Ketnissdan oldingi avlod haqida. Yosh Xeymitch Ebernati o‘z hayoti uchun kurashadi va kelajakdagi qahramonlar uchun yo‘l ochadi.

5. “Mandaloriyalik va Grogu’’ (The Mandalorian & Grogu)

Foto: Europa plus

Sevimli juftlik yana safarda! Ular galaktika bo‘ylab sayohat qilib, qo‘zg‘olonchilarning qadriyatlarini himoya qiladi.

6. “Amaliy sehr 2’’ (Practical Magic 2)

Foto: Europa plus

Opa-singil sehrgarlar yana qaytadi! Yillar o‘tib, ular yangi avlodga sehr sirlarini o‘rgatadi. Yengil, iliq va sehr bilan to‘la hikoya muxlislarni bolalik xotiralariga qaytaradi.

7. “Grenlandiya: Migratsiya’’ (Greenland: Migration)

Foto: Europa plus

Yer yana xavf ostida. Gerriti oilasi omon qolish uchun yangi joy izlab ketadi. Film hayot, oilaviy sadoqat va insonning yashashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

8. “Qasoskorlar: Qiyomat kuni’’ (Avengers: Judgment Day)

Foto: Europa plus

Marvel olamida yangi davr boshlanadi. Yangi va eski qahramonlar butun sayyorani halokatdan saqlash uchun birlashadi. Film ko‘plab janglarga boy bo‘ladi.

9. “O‘rgimchak-odam: Mutlaq yangi kun’’ (Spider-Man: Brand New Day)

Foto: Europa plus

Piter Parker endi dunyoni emas, o‘zini qayta topadi. U yana Nyu York ko‘chalarida oddiy jinoyatchilar bilan kurashadi.

10. “Jumanji 3’’ (Jumanji 3)

Foto: Europa plus

O‘yin yana boshlanadi! Bu safar qahramonlar real dunyoda paydo bo‘lgan o‘yin hayvonlariga qarshi kurashishadi. Sirli, quvnoq va sarguzashtlarga to‘la safar davom etadi.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar