Daryo

Bir nafasda tomosha qilasiz: so‘nggi oylarning eng shov-shuvli premyeralari (treyler)

Mazkur filmlar bilan vaqt qanday o‘tganini sezmay qolasiz — kuchli hissiyotlar, hayrat va kutilmagan burilishlar kafolatlanadi.

2 daqiqa o‘qish10 625 ko‘rishlar0 izoh5

Mazkur filmlar bilan vaqt qanday o‘tganini sezmay qolasiz — kuchli hissiyotlar, hayrat va kutilmagan burilishlar kafolatlanadi. Quyida so‘nggi oylarning eng shov-shuvli kino premyeralarini — bir nafasda ko‘rib chiqiladigan filmlar bilan tanishing.

“Ajoyib Marti”

Bu qishning eng muhim voqealaridan biri Josh Safdining Timoti Shalame bosh rolda o‘ynagan birinchi mustaqil rejissyorlik ishi bo‘ldi. Aktyor 1952-yilgi jahon chempionatida yaponiyalik raqibiga yutqazganidan so‘ng har qanday yo‘l bilan qasos olishga intilayotgan stol tennisi o‘yinchisi qiyofasiga kiradi.

“Jang ortidan jang”

Pat Kalxun hujumdan so‘ng yashirinishga majbur bo‘ladi. U Janubiy Kaliforniyada yangi ism bilan yashab, o‘smir qizini tarbiyalaydi. Ammo doimiy vasvasalar va o‘tmish xotiralari unga tinch yashashga imkon bermaydi — bu bejiz emas. 16 yildan so‘ng polkovnik Dokjo uni topib, ota-bolani ta’qib qilishni boshlaydi.

“Grenlandiya 2”

Film voqealari Yer Klark kometasi bilan to‘qnashganidan besh yil o‘tgach, sodir bo‘ladi. Jerard Batler gavdalantirgan qahramon Grenlandiya bunkerida falokatdan omon qolgan va endi sivilizatsiya qoldiqlarini topish ilinjida dunyoning xavfli hududlari bo‘ylab sayohatga otlanadi.

“Dyuna” va “Dyuna: ikkinchi qism”

Buyuk qabilaning vorisi Pol Atreydes oilasi bilan birga koinotdagi eng xavfli sayyoralardan biri — Arrakisga, qimmatbaho melanj resursini qazib olish uchun yo‘l oladi. Biroq qizigan qum, ulkan maxluqlar va hokimiyat uchun shafqatsiz kurash Timoti Shalame tanlagan qahramonlik yo‘lining boshlanishi, xolos.

“Xizmatkor”

Sidni Suini ijro etgan Milli boy oilaning uyiga xizmatkor bo‘lib ishga joylashadi. Dastlab bu orzudagi ish bo‘lib ko‘rinadi, ammo tez orada ma’lum bo‘ladiki, uy egalari qo‘rqinchli va xavfli sirlarni yashirayotgan ekan.

“Avatar: Olov va kul”

Saganing yangi qismida bosh qahramonlar nafaqat RDA korporatsiyasidan, balki vulqon yonbag‘irlarida istiqomat qiluvchi yangi Na’vi qabilasidan ham tahdid ostida qoladi. Qabilaning rahbari sirli va xavfli Varang nomli ayol.

“Ustasi faranglar 3

Mashhur juftlik yana sahnaga qaytmoqda. Afsonaviy jamoaga illyuzionistlarning yangi avlodi qo‘shiladi. Ular birgalikda eng dadil o‘g‘rilikni — dunyodagi eng yirik olmosni jinoiy oilaviy klanidan o‘g‘irlashni amalga oshirmoqchi.

“F1”

Autsayder poyga jamoasining egasi bir paytlar “Formula-1”ning yuksalayotgan yulduzi bo‘lgan Sonni Xeysdan yordam so‘ramoqda. Bosh rolni Bred Pitt ijro etgan adrenalinga boy film ustozlik, jamoaviy ish va shon-shuhratni qaytarishning murakkab yo‘li haqida hikoya qiladi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar