Kino olamida yangi rollar, kutilmagan duetlar va katta premyeralar tomoshabinlar e’tiborini yana bir bor mashhur aktyorlarga qaratdi. Ba’zilari yangi qiyofada namoyon bo‘lsa, boshqalari allaqachon sevimli bo‘lgan rollariga qaytmoqda. Aynan shu yulduzlar hozir ijtimoiy tarmoqlar va tavsiyalar tasmasining eng ko‘p muhokama qilinayotgan qahramonlariga aylangan.
Sidni Suini — “Oqsoch”, “Eyforiya”

Sidni o‘z avlodining asosiy aktrisasi sifatidagi mavqeyini mustahkamlab bormoqda. “Eyforiya”dan so‘ng u shunchaki e’tiborni tortmadi, balki butun diqqatni o‘ziga qarata oldi. “Oqsoch”da esa Suini o‘zining ancha vazmin va dramatik qirralarini namoyon etadi.
Mikele Morrone — “Oqsoch”
Mikele Morrone – italiyalik aktyor, model, qoʻshiqchi va dizayner. Italiya va Polsha filmlarida suratga tushgan. Uning “Oqsoch” filmidagi ijrosi nafaqat tomoshabinlar, balki tanqidchilar tomonidan ham yuqori baholanmoqda.

Margo Robbi — “Momaqaldiroq dovoni”
Margo ijrosidagi “Momaqaldiroq dovoni” — shunchaki klassika emas, balki his-tuyg‘ular bo‘ronidir. Ko‘plab tomoshabinlar aktrisaning mahoratiga qoyil qoldi
Jeykob Elordi — “Momaqaldiroq dovoni”, “Eyforiya”
Elordi hamon krash maqomi va jiddiy aktyorlik o‘rtasida muvozanat saqlashga urinmoqda. “Eyforiya”dan so‘ng u chuqurroq rollarga pul tikmoqda va bu, ayniqsa, “Momaqaldiroq dovoni”da yaqqol namoyon bo‘ladi.

Robert Pattinson — “Mana bu drama!”
Pattinson ancha oldin o‘zining ilk rollari soyasidan chiqqan bo‘lsa-da, uning har bir yangi loyihasi hamon kutilmagan yangilik sifatida qabul qilinadi. “Mana bu drama!” filmi esa bunga yana bir isbot: aktyor nostandart ssenariylarni tanlaydi va doim buning uddasidan chiqadi.

Zendaya — “Mana bu drama!”, “Eyforiya”
Zendaya o‘z avlodining timsoli bo‘lib qolmoqda. Aktrisa bir nechta loyihalarda muvaffaqiyatli rol o‘ynadi va tomoshabinni zeriktirib qo‘ymaslik uchun suratga olish maydonchasini noaniq muddatga tark etishga ham qaror qildi.

Lui Garrel va Anjelina Joli — “Kutyur”
Filmning o‘zidan ko‘ra ko‘proq muhokama qilingan duet. Ular birgalikda ekranda ko‘z uzish qiyin bo‘lgan o‘sha “yuqori moda”ni yaratishgan.

Sara Pijon — “Muhabbat tarixi”
Yangi serial kutilmaganda xitga aylandi - bu asosan Sara tufayli. Uning qahramoni samimiy, ishonarli va nihoyatda zamonaviy. Tomoshabinlar nafaqat syujetni, balki uning kadrdagi har bir ko‘rinishini ham muhokama qilishlari ajablanarli emas.

Enn Heteuey — “Qattiqqo‘l xonim 2”
Eng kutilgan premyera — “Qattoqqo‘l xonim 2”. Enn Heteuey bir vaqtlar uni uslub timsoliga aylantirgan roliga qaytmoqda. Agar birinchi qism moda olamida jon saqlash haqida bo‘lsa, treylerlarga qaraganda, davomi o‘z qoidalaring bo‘yicha o‘ynash haqida bo‘ladi.

Asolat G‘ulomnazarova tayyorladi








