Daryo

Dam olish kunlari tomosha qilish mumkin bo‘lgan 5 ta mini serial

“Qirolichaning yurishi” seriali 7 qismdan iborat bo‘lib, iqtidorli Bet Xarmon ismli qiz haqida hikoya qiladigan psixologik trillerdir. Serialdagi voqealar 1950-yillarda sodir bo‘ladi. Beta ismli qizning oilasida katta fojia yuz berganidan keyin uni Kentukkidagi bolalar uyiga tashlab ketishadi. Taqdirning barcha qiyinchiliklariga qaramay, qizaloq aqliy qobiliyatini yo‘qotmaydi va keyinchalik shaxmat bo‘yicha noyob iste’dodini namoyon eta boshlaydi.

2 daqiqa o‘qish2 937 ko‘rishlar0 izoh0

Dam olish kunlarini iliq choy, yumshoq adyol va yaxshi serialsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo uzun-uzun seriallar ko‘p vaqt talab qiladi — ikki kunlik tanaffusda ularni tugatishning iloji yo‘q. Shu sababli siz uchun bir necha oqshomda tomosha qilib tugatish mumkin bo‘lgan 5 ta qisqa, ammo kuchli ta’sirga ega seriallarni tanlab oldik.

“Chernobil” (2019)

38 yil avval Rossiyada insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan mash’um voqea sodir bo‘lgan. Chernobildagi atom elektr stansiyasining portlashi minglab insonlarni hayotdan olib ketgan va mayib-majruh qilgan.

Mazkur voqealarga asoslangan “Chernobil” seriali portlashdan so‘ng omon qolganlar va o‘sha vaqtda rahbarlik lavozimida ishlagan insonlar hikoyalari asosida suratga olingan. Serialda ular voqealar qay tarzda rivojlangani haqida o‘z fikr va xotiralari bilan bo‘lishadi. Filmda AES loyihasi boshdanoq xato bo‘lgani, u yerdagi ishchi xodimlar belgilangan norma hamda xavfsizlikka amal qilmagani, rahbariyat esa bunga e’tiborsiz bo‘lgani va dahshatli portlash qanday oqibatlarga olib kelgani haqida ham so‘z boradi.

“Qirolichaning yurishi” (2020)

Netflix tomonidan suratga olingan “Qirolichaning yurishi” seriali 7 qismdan iborat bo‘lib, iqtidorli Bet Xarmon ismli qiz haqida hikoya qiladigan psixologik trillerdir.

Serialdagi voqealar 1950-yillarda sodir bo‘ladi. Beta ismli qiz oilasida katta fojia yuz berganidan keyin uni Kentukkidagi bolalar uyiga tashlab ketishadi. Taqdirning barcha qiyinchiliklariga qaramay, qizaloq aqliy qobiliyatini yo‘qotmaydi va keyinchalik shaxmat bo‘yicha noyob iste’dodini namoyon eta boshlaydi. Biroq Beta giyohvand moddalarga ruju qo‘yadi va qaramlikdan qutulish uchun ko‘plab sarguzashtlarni boshidan kechiradi.

“Katta-kichik yolg‘onlar” (2017–2019)

Monterey shahridagi badavlat onalar hayoti tashqaridan mukammal ko‘rinadi: chiroyli uylar, baxtli oila va muvaffaqiyatli farzandlar, baxtli hayot uchun yana nima kerak? Ammo bu jimjit hayot ortida sir, hasad va yolg‘onlar yashiringan. Hammasi maktab tadbirida ro‘y bergan sirli o‘limdan so‘ng ochila boshlaydi. Har bir qahramonning o‘tmishida yashirin haqiqatlar paydo bo‘ladi va ularning “ideal” dunyosi qulab tushadi.

Serial 8 ta “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan bo‘lib, kuchli ayollar obrazi, zo‘ravonlik va jamiyatdagi bosim mavzularini chuqur yoritadi.

“O‘tkir buyumlar” (2018)

Jurnalist Kamilla Priker ikki qizning sirli o‘limini yoritish uchun o‘zining bolalikdagi kichik shahriga qaytadi. Tergov davomida o‘zining og‘riqli o‘tmishi, onasi bilan murakkab munosabatlar va bolalikdagi travmalarini eslaydi. Shahar sirlar bilan to‘la, ammo eng qorong‘i sir Kamillaning o‘zida yashiringan bo‘ladi.

Serial o‘zining og‘ir atmosferasi, chuqur psixologik mazmuni va Emi Adamsning ajoyib ijrosi bilan tomoshabinni ekrandan uzoqlashtirmaydi. Serial atigi 8 qismdan iborat.

“Dunyo chekkasidagi qotillik” (2023)

Yosh havaskor detektiv Darbi Xart global texnologiya magnati tomonidan Arktikadagi chekka ko‘chmas mulkka taklif qilinadi. Ammo dam olish sifatida boshlangan yig‘ilish kutilmaganda o‘lim bilan yakunlanadi — mehmonlardan biri sirli tarzda halok bo‘ladi. Darbi aqli va kuzatuvchanligiga tayanib, qotilni aniqlashga urinadi, chunki keyingi qurbon o‘zi bo‘lishi mumkin edi.

Serial zamonaviy “Agata Kristi” uslubidagi qotillik sarguzashti bo‘lib, texnologiya, yolg‘izlik va ishonch mavzularini birlashtirgan.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar