Daryo

Oʻzbekistonliklarning qancha qismi sport bilan shugʻullanishi ochiqlandi

Soʻnggi 5 yilda sport bilan shugʻullanuvchilar ulushi qariyb 8 foizga oshgan.

1 daqiqa o‘qish2 185 ko‘rishlar0 izoh1

Oʻzbekiston aholisining qancha qismi sport bilan shugʻullanishi maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2025-yilning yanvar—avgust oylarida jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar ulushi 68,3 foizni tashkil etgan. Bu koʻrsatkichlar uy xoʻjaliklarining tanlanma kuzatuvlari asosida shakllantirilgan.

Jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanadigan fuqarolar ulushi 2021-yilda 60,9 foiz, 2022-yilda 62,3 foiz, 2023-yilda 63,7 foiz, 2024-yilda 67,8 foiz va 2025-yilning 8 oyi ichida 68,3 foizni tashkil etgan.

Aholining ushbu qatlami 5 yilda qariyb 8 foizga oshgan.

Maʼlumot uchun, joriy yilning yanvar—iyul oylarida sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 2,5 trillion soʻmni tashkil etgandi. Mazkur xizmatlarning eng katta qismi, yaʼni 1 063,5 milliard soʻmi Toshkent shahrida koʻrsatilgan.

Avvalroq Olimpiya shaharchasida barcha sport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar