Daryo

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar Kamchatkadagi zilzila fonida ogohlantirildi

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, xotirjamlikni saqlashga chaqirdi.

1 daqiqa o‘qish1 326 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonlik fuqarolarga murojaat qilib, Rossiya Favqulodda vaziyatlar xizmatlari ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish hamda xotirjamlikni saqlashga chaqirdi.

19-sentyabr kuni Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlariga yaqin Tinch okeanida 7,2 magnitudali kuchli zilzila qayd etilgan. Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinsk shaharlarida 7 ballgacha sezilib, sunamiga oid ogohlantirish ham e’lon qilingan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, hozircha qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot yo‘q, favqulodda xizmatlar yuqori shay holatga keltirilgan.

Mazkur hududdagi o‘zbekistonliklarga zarur holatlarda konsullikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish mumkinligi eslatib o‘tildi.

Bosh konsulxona quyidagi telefon raqamlari orqali murojaatlarni qabul qiladi:

📞 +7 (423) 260-48-00

📞 +7 (902) 078-70-07.

30-iyul kuni Kamchatkada 1952-yildan beri eng kuchli — 8,8 magnitudali zilzila qayd etilgandi. O‘shandan buyon olimlar har kuni aftershoklarni — takroriy yer silkinishlarini kuzatmoqda. Ularning aksariyati aholi yashash joylarida sezilmaydi. Seysmologlar mintaqadagi seysmik faollikni “o‘ta yuqori” darajada deb ta’riflagan. Solodovning qarori bilan hududda tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar rejimi joriy qilingan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar