Rossiyaning Kamchatka yarimoroli sohilida 19-sentyabrga o‘tar kechasi kuchli zilzila yuz berdi. AQSH Geologiya xizmati uning magnitudasini 7,8 ga baholadi.
Zilzila o‘chog‘i Petropavlovsk-Kamchatskiydan taxminan 100 kilometr sharqda, 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Birinchi kuchli silkinishdan so‘ng 5,8 magnitudali bir qator aftershoklar kuzatilgan.
Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati magnitudani 7,4 deb qayd etgan bo‘lsa, Kamchatka gubernatori Vladimir Solodov yer silkinishi 7,2 ballni tashkil etganini aytgan. Rasmiylar hozircha jabrlanganlar haqida xabar bermagan. AQSH esa Kamchatkadagi zilzila tufayli sunami xavfini e’lon qilgan.








