Daryo

Toshkentda ayol ikki farzandi va o‘zini ko‘pqavatli uy derazasidan tashladi

Ayol vafot etgan. 1,5 va 3 yoshdagi farzandlari tirik qolgan. Voqeaga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi.

1 daqiqa o‘qish2 283 ko‘rishlar0 izoh3
Maqolani tinglang
0:00
0:52

Toshkentning Olmazor tumanida ayol ikki farzandi va o‘zini 8-qavatdan tashlagani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea tumanning “Miskin” mahallasida yuz bergan. Ayol avval 1,5 va 3 yoshda bo‘lgan farzandlarini, so‘ng o‘zini derazadan tashlagan. Ayol vafot etgan. Bolalari esa tirik qolgan bo‘lib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo” so‘roviga ko‘ra ma’lum qilishicha, voqea 17-sentyabr kuni soat 14:18 larda sodir bo‘lgan. 24 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan rashk tufayli kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida jahl qilib, 2022 va 2024-yillarda tug‘ilgan ikki nafar farzandini o‘zlari yashab turgan uyning 4-qavati yo‘lak derazasidan pastga tashlab yuborgan. So‘ngra o‘sha uyning 8-qavati yo‘lak derazasidan o‘zini ham pastga tashlagan. Hodisa oqibatida ayol shifoxonada vafot etgan, ikki nafar voyaga yetmagan bolaning hayoti saqlab qolingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 25,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu kabi voqea 2023-yilning aprelida ham yuz bergandi. Toshkentning Sergeli tumanida 27 yoshli ayol uch nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan tashlagandi. Buning oqibatida ayol ham, uning 5, 4 va 1 yoshli farzandlari ham tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Ayol Zangiota tumanida turmush o‘rtog‘i bilan istiqomat qilgan xonadonda yong‘in sodir bo‘lgani sababli onasining uyida yashab kelgan. Hodisa ham shu uyda sodir bo‘lgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar