Daryo

Shifokorlarning qay darajada bandligini real vaqt rejimida ko‘rsatib turadigan Situatsion markaz tashkil etildi

Raqamli sog‘liqni saqlash markazi tibbiyot sohasidagi innovatsion loyihalarini taqdim etdi. Unda Saida Mirziyoyeva ham qatnashdi.

1 daqiqa o‘qish1 672 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda qaysi shifokorning qay darajada bandligi va tibbiy jihozlar holatini real vaqt rejimida ko‘rsatib turadigan, shu yo‘l bilan resurslarni samarali taqsimlashga ko‘maklashadigan Situatsion markaz tashkil etildi.

16-sentyabr kuni Raqamli sog‘liqni saqlash markazi tibbiyot sohasidagi innovatsion loyihalarini taqdim etdi. Taqdimotda Saida Mirziyoyeva ham qatnashdi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Ma’lum qilinishicha, shu kungacha DMED yagona tizimiga 33 million fuqaroning elektron tibbiy kartalari kiritib bo‘lingan va bu shifokorlarning ishini yengillashtirib, bemorlar bilan muloqotga ko‘proq vaqt ajratish imkonini bermoqda.

Shuningdek, qaysi shifokorning qay darajada bandligi va tibbiy jihozlar holatini real vaqt rejimida ko‘rsatib turadigan, shu yo‘l bilan resurslarni samarali taqsimlashga ko‘maklashadigan Situatsion markaz ham tashkil etildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonda 7 yildan buyon faoliyat olib borayotgan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi sun’iy intellekt yordamida yangi bosqichga ko‘tarildi. Endilikda muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining ilk kunlaridanoq retinopatiyani aniqlash mumkin. Bu minglab go‘daklarning ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.

“Yangi texnologiyalar bilan bolalarda 90 foizgacha ko‘rlik holatlarining oldini olish mumkin bo‘ladi. Bu — minglab oilalarda umid tug‘iladi, deganidir”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

​U sun’iy intellekt professional shifokorlarning o‘rnini bosolmasligini, ammo ularning ishonchli yordamchisiga aylanib, mutaxassislarning vaqti va kuchini tejashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

“Raqamli sog‘liqni saqlash markaziga tilagim bitta — millat salomatligini asrashga yordam beradigan ushbu loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshib, xalq uchun manfaatli bo‘lsin! Sizga tashakkur bildiraman”, dedi Saida Mirziyoyeva.

Taqdimotda insult va ko‘krak bezi saratonini vaqtida aniqlash texnologiyalari hamda boshqa ko‘plab yangiliklar ham taqdim etilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar