Daryo

FIFA terma jamoalar o‘yinlari taqvimiga o‘zgartirish kiritdi

Tashkilot vakillarining ta’kidlashicha, bu qaror futbolchilarning ortiqcha parvozlarini kamaytirish va jarohatlar xavfini pasaytirishga xizmat qiladi.

1 daqiqa o‘qish1 098 ko‘rishlar0 izoh1

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) o‘zining rasmiy saytida terma jamoalar o‘yinlari taqvimiga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi.

2026-yil kuzidan boshlab odatdagi sentyabr va oktyabr oylaridagi alohida FIFA kunlari bekor qilinadi. Tashkilot mazkur oylar davomida o‘tkaziladigan ikki xalqaro tanaffusni birlashtirib, yagona FIFA kunlariga aylantirdi.

Yangi tartibga ko‘ra, milliy jamoalar 21-sentyabrdan 6-oktyabrgacha bo‘lgan muddatda to‘rttagacha uchrashuv o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tashkilot vakillarining ta’kidlashicha, bu qaror futbolchilarning ortiqcha parvozlarini kamaytirish va jarohatlar xavfini pasaytirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilda jami 4 ta FIFA kuni bo‘lib o‘tadi. Ular quyidagi sanalarga belgilangan: 23-martdan 31-martga qadar, 1-iyundan 9-iyunga qadar, 21-sentyabrdan 6-oktyabrgacha hamda 9-noyabrdan 17-noyabrgacha. Ushbu davrda terma jamoalar saralash yoki o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida futbol bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi o‘tishi ham belgilangan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar