Daryo

ESPN nashri O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi imkoniyatini baholadi

87 ta terma jamoa o‘rin olgan reytingning birinchi pog‘onasidan Fransiya terma jamoasi joy oldi. Baholashda asosiy mezon sifatida jamoalarning so‘nggi natijalari va tarkiblardagi futbolchilarning umumiy qiymati inobatga olingan.

1 daqiqa o‘qish2 404 ko‘rishlar0 izoh48

Ispaniyaning ESPN nashri 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan hamda qatnashish ehtimoli yuqori bo‘lgan eng kuchli terma jamoalar imkoniyatini baholadi. Reytingdan 87 ta terma jamoa o‘rin oldi. Ularning ayrimlari turnirga yo‘llanmani allaqachon qo‘lga kiritgan, boshqalari esa hali saralash bosqichida ishtirok etmoqda.

Baholashda asosiy mezon sifatida jamoalarning so‘nggi natijalari va tarkiblardagi futbolchilarning umumiy qiymati inobatga olingan.

Reytingda Didye Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. 2026-yilgi Jahon chempionatida “uch ranglilar” hujum chizig‘ida Kilian Mbappe, Maykl Olise va Usmon Dembele harakat qilishi kutilmoqda. Fransiyaning zaxira hujumchilari sifatida “Liverpul”, “PSJ”, “Inter” va “Manchester Siti” kabi grand klublarda to‘p surayotgan futbolchilar tanlanadi. Markaziy himoya chizig‘ida esa “Arsenal”, “Bavariya” yoki “Liverpul” futbolchilari hatto zaxira o‘rindig‘ida qolishi mumkin. Shu bois mutaxassislar Fransiya JCH-2026 musobaqasining asosiy favoriti hisoblanadi.

Ikkinchi pog‘onadan Ispaniya terma jamoasi joy oldi. Kuchli uchlikni Yevropa qit’asidan birinchilardan bo‘lib Jahon chemionatiga yo‘llanma olgan Angliya terma jamoasi yakunlagan.

Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 53-pog‘onadan joy oldi. Umuman olganda, Osiyo qit’asida o‘ynaydigan terma jamoalar orasida eng yuqori o‘rinni Yaponiya egalladi. “Samuraylar” ESPN nashri tomonidan tuzilgan ro‘yxatning 25-pog‘onasida qayd etilgan. Janubiy Koreya (42), Avstraliya (45), Eron (48), O‘zbekiston (53), BAA (60), Iordaniya (61), Saudiya Arabistoni (62) va Qatar (73) ham ushbu 87 talik reytingdan joy olgan.


Dastlabki 20 ta o‘rinni quyidagi jamoa egalladi:

  1. Fransiya
  2. Ispaniya
  3. Angliya
  4. Portugaliya
  5. Braziliya
  6. Niderlandiya
  7. Argentina
  8. Italiya
  9. Germaniya
  10. Urugvay
  11. Daniya
  12. Norvegiya
  13. Belgiya
  14. Turkiya
  15. Shvetsiya
  16. Kolumbiya
  17. Marokash
  18. Xorvatiya
  19. Shveytsariya
  20. Ukraina

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar