Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Shimoliy Amerikada o‘tadigan navbatdagi Jahon chempionati atrofida kutilgan hayajon kuzatilmayotganidan xavotirga tushmoqda.
The Touchline nashrining xabar berishicha, 2026-yilgi jahon chempionati startiga oz vaqt qolayotganiga qaramay, muxlislarning turnirga bo‘lgan qiziqishi tashkilotchilar kutgan darajada emas. Muxlislar qiziqishi pastligiga qaramay, chiptalar bozorida narxlar keskin yuqoriligicha qolmoqda. Forbes nashrining yozishicha, FIFA tomonidan belgilangan rasmiy narxlar va qayta sotish (vositachi) bozoridagi farq hayratlanarli darajada:
- Oddiy chiptalar: FIFAda 155 dollar etib belgilangan bo‘lsa, vositachi saytlarda ularning narxi 1 000 dollardan oshib ketgan.
- Final uchrashuvi: Eng qimmat toifadagi chiptalar rasman 8 680 dollar bo‘lsa, uchinchi tomon platformalarida ularning narxi 57 000 dollargacha yetmoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, chiptalarning haddan tashqari qimmatligi va Shimoliy Amerikadagi murakkab logistika muxlislarning turnirga tashrif buyurishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillardandir.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati tarixdagi ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan kengaytirilgan formatdagi turnir bo‘ladi. Musobaqa 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida o‘tkaziladi.








