Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktab rahbari tomonidan 1-sinf o‘quvchilari oldida maktabning ayol pedagog xodimlarini haqorat qilgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda muhokamaga sabab bo‘lgan ushbu holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. Ushbu xodimga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilib, lavozimidan ozod etilgan.
Shu bilan birga, boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi shart ekani eslatildi.
Mavzuga doir: Oʻqituvchining qadri koʻtarilsa, iqtisodiyot oʻsadi
Bundan avval Mirobod tumanidagi 213-maktab direktori o‘quvchining ota-onasi bilan janjallashib, so‘kkan edi.
Toshkentdagi maktabda ayol dastlabki ish kunida o‘quvchini kaltaklagani ham keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ayol jazolanib, maktab direktori ishdan olingandi.








