Daryo

Saida Mirziyoyeva sudyalar bilan uchrashuv oʻtkazdi

“Ochiq va oshkora muloqot uchun barchaga minnatdorlik bildirib, Alisher Usmonovni Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklayman”, deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.

1 daqiqa o‘qish1 509 ko‘rishlar0 izoh2
Bugun, 9-sentyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva sud tizimi rahbarlari va sudyalar bilan uchrashdi.

 

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Oliy sud binosida oʻtgan muloqotda qator masalalar muhokama qilingan, sohani rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani aytilgan.

 

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
“Prezident administratsiyasi oldiga qoʻyilgan beshta ustuvor vazifada sud islohoti muhim oʻrin tutadi. Sakkiz yil davomida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan odil sudlov sohasidagi eng namunali xorijiy tajribani oʻz ichiga olgan keng koʻlamli oʻzgarishlar amalga oshirildi. Prezidentimizning sud tizimini sunʼiy intellekt asosida raqamlashtirish, sudlarga yengillik yaratish maqsadida nizosiz masalalarni notariuslarga oʻtkazish, sudyalarni tayyorlashni takomillashtirish toʻgʻrisida yaqinda qabul qilingan farmonlari haqida soʻz yuritdik. Bu sohada eskirgan taʼlim tizimining oʻrnini egallaydigan Odil sudlov akademiyasi tashkil etildi. Ochiq va oshkora muloqot uchun barchaga minnatdorlik bildirib, Alisher Ataxanovich Usmonovni Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklayman. Omad va oldimizga qoʻyilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini tilayman”, deya fikr bildirgan Saida Mirziyoyeva.
​
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyevga Oʻzbekistonda sudlov sohasini raqamlashtirish maqsadida ishlab chiqilgani “Raqamli sud” konsepsiyasi taqdimot qilingandi. Mazkur tizim korrupsiyaning oldini olish, fuqarolar va tadbirkorlarga ovoragarchiliksiz odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi bildirilgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar